«Xodimlarda kamera oldida ishlash, muloqot olib borish ko‘nikmalari, notiqlik mahoratini shakllantirish»

«Xodimlarda kamera oldida ishlash, muloqot olib borish ko‘nikmalari, notiqlik mahoratini shakllantirish»

Joriy yilning 20-fevral kuni Yuristlar malakasini oshirish markazi professor-o’qituvshilari va xodimlari uchun o’tkazilgan «Xodimlarda kamera oldida ishlash, muloqot olib borish ko‘nikmalari, notiqlik mahoratini shakllantirish» mavzusidagi seminar-treningga «New Media Education Center” NNT direktori, trener, jurnalist, bloger Beruniy Alimov taklif etildi.

Seminar-treningda ilgʻor xorijiy tajribaga asoslangan holda, axborotning qay darajada muhim ahamiyat kasb etishi, uchraydigan stereotiplar, koʻp tarqalgan xato va kamchiliklar haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, videodarslarni efirga olish jarayonida videokamera oldida oʻzini tutish koʻnikmalari hamda ommaviy axborot vositalariga intervyu berish texnologiyasi yuzasidan bahs-munozara yuritildi.

Tadbir savol-javob tarzida muhokamalarga boy boʻlib, qiziqarli taqdimotlar asosida tashkillashtirildi.