Biz haqimizda

1. Nomi: Yangi media ta’lim markazi / Центр образование новым медиа

2. Maqomi (notijorat, roʻyxatdan oʻtgan sana): nodavlat notijorat tashkiloti, roʻyxatdan oʻtgan sana va joyi: 22.09.2021 yil Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida. Ro’yxatdan o’tish raqami: № 1007.

3. Manzil: 100123, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Uchtepa tumani, Zargarlik ko‘chasi, 62-uy.

4. Missiya: Asosiy vazifa – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish hamda mamlakatdagi jurnalist va blogerlarning malakasini oshirishga ko‘maklashish. Markaz oʻz oldiga qoʻygan maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajaradi: Oʻquv seminarlari, davra suhbatlari, amaliy mashgʻulotlar, press-turlar, oʻquv-ijodiy laboratoriyalar, klublar, respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari, davlat va nodavlat tashkilotlari xodimlari, axborot xizmatlari rahbarlari uchun turli mutaxassislarni jalb qilgan holda maxsus malaka oshirish kurslarini tashkil etish. Markaz O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalari salohiyatini oshirish orqali O‘zbekistonda demokratik qadriyatlarni rivojlantirishga hissa qo‘shadi.

5. Rahbarlik:

  • Direktor, doktor Beruniy ALIMOV,

Hammuassislar:

  • Doktor Gulnora NISHONOVA,
  • Gulmira SHUKUROVA.

6. Grantlar/moliyalashtirish manbalari: markaz mablag‘larini shakllantirish manbalari:

  • muassislar tomonidan to’lanadigan bir martalik va muntazam badallar;
  • jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya va homiylik yordami;
  • ustavda belgilangan maqsad va vazifalarga erishish va o‘zini-o‘zi ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar;
  • seminarlar, treninglar, ma’ruzalar, ko’rgazmalar, PR-xizmatlar va boshqa tadbirlardan tushgan mablag’lar;
  • qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.

7. Asosiy maqsad – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, mamlakatdagi jurnalist va blogerlarning malakasini oshirishga ko‘maklashish. Markaz oʻz oldiga qoʻygan maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajaradi: Oʻquv seminarlari, davra suhbatlari, amaliy mashgʻulotlar, press-turlar, oʻquv-ijodiy laboratoriyalar, klublar, respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari, davlat va nodavlat tashkilotlari xodimlari, axborot xizmatlari rahbarlari uchun turli mutaxassislarni jalb qilgan holda maxsus malaka oshirish kurslarini tashkil etish. Markaz O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalari salohiyatini oshirish orqali O‘zbekistonda demokratik qadriyatlarni rivojlantirishga hissa qo‘shadi.

Markaz O‘zbekistondagi media ta’lim sohasidagi eng yangi nodavlat tashkilot hisoblanadi. Kelgusi faoliyat/treninglar asosan O‘zbekistonda media va internet muhitini rivojlantirish, media va axborot savodxonligini oshirish, biznes va data jurnalistikasini rivojlantirish, jurnalistlar uchun mehnat sharoitlarini yaxshilash, fuqarolik jurnalistikasini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Asosiy hamkorlar: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Fojo Media instituti (Shvetsiya), YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, USAGM, Toshkentdagi Amerika markazi, AQSh elchixonasi va Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi ofisi.

 

  • Biz bilan bog’laning:
    Doktor Beruniy Alimov
    Direktor
    Yangi media ta’lim markazi
    beruniyalimov@gmail.com
    beruniyalimov@nmec.uz
    +998935771173