“Axborot xizmati faoliyatida zamonaviy tendensiyalar: raqamli texnologiyalar, PR instrumentlar va sun’iy aql” mavzusidagi seminar-trening

“Axborot xizmati faoliyatida zamonaviy tendensiyalar: raqamli texnologiyalar, PR instrumentlar va sun’iy aql” mavzusidagi seminar-trening

Respublika “Hunarmand” uyushmasi tomonidan hududiy boshqarma rahbarlari uchun tashkil etilgan mazkur trening zamonaviy axborot siyosatini shakllantirishda, PR faoliyatni kuchaytirishda va raqamli kommunikatsiya vositalaridan to‘g‘ri foydalanishda katta amaliy ahamiyat kasb etdi.

Treningda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalar berildi:

  • “Hunarmand” uyushmasining brendini shakllantirish va imijini mustahkamlash
  • PR jarayonida hissiy intellekt va ijodiy fikrlashning o‘rni
  • Mobil telefon yordamida foto va video kontent tayyorlash
  • Copywriting va sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish
  • Onlayn media matnlarni yaratish va vizualizatsiya qilish
  • Kontent-marketingda axboriy, ta’limiy va ko‘ngilochar uslublarni uyg‘unlashtirish.

Ishtirokchilar tomonidan bajarilgan amaliy mashg‘ulotlar — nafaqat o‘rgangan bilimlarni mustahkamladi, balki ularning kasbiy ijodkorlik salohiyatini ham ochib berdi.

Bunday treninglar axborot xizmatlarining faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Barcha ishtirokchilarga, trenerlarga va tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiramiz!