2022 yil 9-10 iyun kunlari Olmaota shahrida “Media savodxonlik harakatda: ekspertlar, hukumat, jamiyat” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.
Anjumanda Markaziy Osiyo mamlakatlarida media va axborot savodxonligi bo’yicha mehnat qilayotgan yetuk mutaxassislar qatnashdilar. Ular sohada o’zlari olib borayotgan ishlar to’grisida batafsil ma’lumot berdilar.
O’zbekistonda media savodxonlik yo’nalishida amalga oshirilayotgan ishlar xususida «Yangi media ta’lim markazi» NNT direktori, filologiya fanlari doktori Beruniy Alimov maʼruza qildi. Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.