O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasida Uyushma va “Yangi Media taʼlim markazi” NNT o‘rtasida hamkorlikmemorandumi imzolandi.
Shu munosabat tashkil etilgan uchrashuvda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi v.B. Xolmurod Salimov “Yangi Media taʼlim markazi” NNT direktori Beruniy Alimov bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha fikr almashdi.
Imzolangan memorandumda ikki nodavlat tashkilot hamkorligida sohaga qiziquvchi, jurnalistikaga endi kirib kelgan yoshlarning savodxonligini oshirish, ommaviy axborot vositalari vakillari uchun media sohaga oid dolzarb mavzular bo‘yicha turli tadbirlar – seminar-treninglar, master-klasslar tashkil etish kabi maqsadlar ko‘zda tutilgan.
Muloqot davomida ayni kunda Uyushmada amalga oshirilayotgan ishlar, joriy yil davomida Uyushma tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar bo‘yicha so‘z yuritilib, hamkorlikda qilinadigan ishlar belgilab olindi.
Yakunda “Yangi Media taʼlim markazi” NNT vakillari O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi markaziy apparatida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.