“Mediasavodxonlik Karvoni”: bugungi bekat – daryo.uz

“Mediasavodxonlik Karvoni”: bugungi bekat – daryo.uz

Auditoriya tanlamas, eng ommabop va katta qiziqish bilan o‘qiladigan axborot manzili!

Bu yerda bizni bilimga chindan tashna, zamonaviy media olamidagi har qanday yangilik va sinovlarga tayyor bir jamoa kutib oldi.

Mezbonlik — yuqori darajada! Kayfiyat — a’lo, professional!

Ayniqsa, daryo.uz studiyasidagi ijodiy muhit – cheksiz ilhom bag‘ishladi!

Rahmat sizga, daryoning ahil jamoasi!

Siz – axborot frontining qahramonlarisiz!

Karvonimiz esa harakatda. Va… balki keyingi manzil — sizning tahririyatingizdir?!

Unutmang, biz har bir tahririyatga “Mediasavodxonlik Xazinasi”ni olib boramiz.

Unda:
• zamonaviy bilimlar,
• sun’iy intellekt asosidagi faktcheking madaniyati,
• mustahkam analitik tafakkur mavjud.

Bu xazina — siz uchun bepul, ochiq va ilhom manbai bo’lishi mumkin!

Qani, siz tayyormisiz? Biz — yo‘lda davom etamiz!

#MediaSaboq_Karvoni
#BeMediaSmart