“O‘zbekgidroenergo” AJ Axborot xizmati tashabbusi bilan “Yangi media ta’lim markazi” NNT hamkorligida markaziy apparat hamda tizimdagi filial va tashkilotlar o‘rtasida axborot almashuvini yanada mustahkamlashga qaratilgan amaliy seminar tashkil etildi.
🎙 Sessiyalar davomida ishtirokchilar zamonaviy media, raqamli kommunikatsiya va samarali axborot siyosatini yuritish bo‘yicha yangi bilim va tavsiyalar bilan tanishdilar.
💬 Mashg‘ulotlar ochiq muloqot va interaktiv formatda o‘tdi. Unda:
✅ OAV uchun sifatli material tayyorlash,
✅ foto va video orqali voqelikni to‘liq aks ettirish,
✅ har bir yo‘nalishni mutaxassis nigohi bilan yoritish,
✅ tezkor va ishonchli axborot almashinuvi mexanizmlari
bo‘yicha amaliy maslahatlar berildi.



📈 Bunday o’quv mashg’ulotlar tashkilot ichki salohiyatini yanada kuchaytirish, jamoaviy uyg‘unlikni oshirish va tashqi kommunikatsiyani yanada professional darajaga olib chiqishda muhim ahamiyatga ega.
#YangiMedia #Kommunikatsiya #MediaSavodxonlik #RaqamliAxborot #Rivojlanish #IchkiAloqa #MediaTrening

