Iqboljon ABDUJABBOROV

Iqboljon ABDUJABBOROV

Rassom-dizayner, bloger. AKT mutaxassisi.

Tibbiyot mavzusida nashr etilayotgan “Farg‘ona shifokori” gazetasi bosh muharriri. U mualliflik loyihalari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasiga bag‘ishlangan birinchi-prezident.uz, mustaqillik-asoschisi.uz kabi xotira sahifalarini yuritib keladi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari, milliy qadriyat va an’analarni keng yoritayotgan ni-hao.uz hamda sil kasalligi haqidagi ma’lumotlarni keng ommaga tarqatishga mo‘ljallangan silning-davosi-bor.uz veb-sayti muallifidir. I.Abdujabborov so‘nggi paytlarda infografika yo‘nalishida ko‘plab qiziqarli va ommabop materiallar tayyorlab kelmoqda.