Sevimli TV va NMEC o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Sevimli TV va NMEC o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Oldin xabar berganimizdek, muassasa shaklidagi Yangi media ta’lim markazi (NMEC – New Media Education Center) nodavlat notijorat tashkiloti qisqa davr ichidagi o’z faoliyati davomida O’zbekistondagi mustaqil OAVda mehnat qilayotgan jurnalistlarning bilim va malakasini oshirish bo’yicha qator ishlarni amalga oshirmoqda.

Xususan Sevimli TV tahririyati bilan ham yaqin hamkorlik aloqalarini o’rnatdi.

Ayni paytga qadar, NMEC AQSH Global Media Agentligi (USAGM) bilan amalga oshirilgan xalqaro loyihasi doirasida Sevimli TV jamoasi bilan yaqindan ishladi.

Yaqinda esa ushbu tahririyat bilan rasmiy hamkorlik memorandumini imzoladi.

Mazkur kelishuv ikki tomonlama manfaatli aloqalarni yanada mustahkamlashga va uni yangi bosqichga olib chiqishga ishonamiz.