Kun.uz va NMEC o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Kun.uz va NMEC o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Muassasa shaklidagi Yangi media ta’lim markazi (NMEC – New Media Education Center) nodavlat notijorat tashkiloti rasman ro’yxatdan o’tganiga hali ko’p bo’lgani yo’q.

U qisqa davr ichidagi o’z faoliyati davomida O’zbekistondagi mustaqil ommaviy axborot vositalarida mehnat qilayotgan jurnalistlarning bilim va malakasini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.

Shu jumladan kun.uz tahririyati bilan ham yaqin hamkorlik aloqalarini o’rnatdi.

Ayni paytga qadar, NMEC Shvetsiyaning Fojo Media Instituti, shuningdek AQSh Global Media Agentligi (USAGM) bilan amalga oshirilgan xalqaro loyihalari doirasida kun.uz jamoasi bilan yaqindan ishladi. Tahririyat a’zolarining media treninglarda faol ishtirork etishiga ko’maklashdi.

Bugun, 24-may kuni Yangi media ta’lim markazi ilk marotaba mamlakatimizdagi yetakchi mustaqil OAVlardan biri kun.uz bilan rasmiy hamkorlik memorandumini imzoladi.

Ushbu hujjat ikki tomonlama manfaatli aloqalarni yanada mustahkamlashga va uni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi, degan umiddamiz.