Kadastr tizimi rahbarlarining malakasi oshirildi

Kadastr tizimi rahbarlarining malakasi oshirildi

Davlat Kadastr agentligi tashabbusi bilan “Yangi media ta’lim markazi” NNT media trenerlari tomonidan Jahon banki loyihasi doirasida joriy yilning iyul-avgust oylarida Kadastr agentligi markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari xodimlari, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining respublikadagi barcha tuman, shahar filiallari rahbarlari uchun “Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashda jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyalari” mavzusida turkum seminar-treninglar o’tkazildi.

Treninglar davomida ishtirokchilarga ommaviy axborot vositalari bilan ishlash, nutq madaniyatini rivojlantirish; imij yaratish va jamoatchilik bilan aloqalarni samarali olib boorish; zamonaviy media muhit va axborot isteʼmoli; ommaviy axborot vositalari bilan ishlashda qo’llaniladigan qonuniy asoslar; kamera oldida ishlash qoidalari; provokatsion savollar va holatlarga qanday javob berish; inqirozli vaziyatlarni boshqarish mavzularida va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ko’plab nazariy hamda amaliy bilimlar berildi, shuningdek, kadastr faoliyati bilan bog‘liq keyslar tahlil qilindi.

Mazkur loyiha doirasida tizimda faoliyat yuritayotgan jami 400 dan ortiq rahbar xodimlarning malakalari oshirildi.

04
01
0
05
07
06
08
03
013-
012
014-
09
011
010
04 01 0 05 07 06 08 03 013- 012 014- 09 011 010

 

Seminar-treninglar hududlar kesimida joriy yilning 12-14-iyul kunlari Farg’onada (Andijon, Namangan, Farg’ona viloyatlari uchun), 27-29-iyul kunlari Samarqandda (Jizzax, Navoiy, Samarqand viloyatlari uchun), 30-iyul, 1-2-avgust kunlari Qashqadaryoda (Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari uchun), 8-10-avgust kunlari Qoraqalpog’iston Respublikasida (Xorazm viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasi viloyatlari uchun) hamda 16-18-avgust kunlari Toshkent shahrida (Toshkent, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahri uchun) tashkil qilindi.