E’tibor mas’uliyati

E’tibor mas’uliyati

Yangi media ta’lim markazi NNT tashkil etilganiga hali ko‘p bo‘lgani yo‘q.

Shu qisqa davr ichida ahil jamoamiz bilan O‘zbekistonning qariyb barcha hududlarida mehnat qilayotgan jurnalistlar, blogerlar va Axborot xizmatlari xodimlari uchun o‘quv seminarlari, treninglar o‘tkazildi.

Shuningdek, Markaziy va Janubiy Osiyo, Yevropa hamda AQSh jurnalistika maktablari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar bilan ishonchli hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.

Lekin qilingan ishlardan hali qilinmagan ishlarimiz ko‘p.

Bugun «O‘zbekiston Konstitusiyasining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlanishimiz jamomizga bildirilayotgan ishonch namunasidir.

Bu kabi yuksak e’tiborning mas’uliyati boshqacha bo‘ladi.

Demak, bunday keyin ham tinmasdan mehnat qilishimiz, O‘zbekistonda media sohasining rivojiga hissa qo‘shishdek mas’uliyatli faoliyatni davom ettirishimiz kerak.

Bizni har tomonlaman qo‘llab-quvvatlayotgan barcha yurtdoshlarimizga bayram muborak bo‘lsin, deymiz!