2022 yil 9 sentyabr kuni Andijon shahrida Xalq bankining viloyat, tuman, shahar bo‘limlari rahbarlari uchun seminar-trening o‘tkazildi. Unda viloyatdagi jurnalistlar va blogerlar ham ishtirok etishdi.
Har bir sessiya amaliyotga yo‘naltirilgan bo‘lib, asosiy e’tibor bank faoliyatining yanada ochiq va shaffof bo‘lishiga qaratildi.
Eng qizig‘i, mashg‘ulotlar chog‘ida jurnalistlar bank xodimlari bilan rol’ almashishdi. Ya’ni o‘tkazilgan matbuot anjumani «muxbirlar» va «bank xodimlari» o‘rtasidagi qizg‘in savol-javoblar va tortishuvlarga boy bo‘ldi. Natijada tomonlar bir-birlarini yaxshi tushunib, kelajakda o‘zaro hamkorlikni yangi formatlarda, sifatli darajada davom ettirishga kelishib oldilar.
Seminar-treningda Yangi media ta’lim markazining trenerlari nazariy va amaliy bilimlar bilan o‘rtoqlashdilar.