2022 yil 30 iyun-1 iyul kunlari Toshkent viloyatida joylashgan “Olmos” konvension markazida “Soʼz erkinligi va shaxsiy hayot daxlsizligi: huquqiy va ahloqiy chegaralar” mazuida trening bo’lib o’tdi.
Unda yetakchi OAV vakillari, jurnalistlar, blogerlar va Axborot xizmatlari vakillari ishtirok etdilar.
Treningda «Yangi media ta’lim markazi» NNT direktori, filologiya fanlari doktori Beruniy Alimov “Soʼz erkinligi VS shaxsiy hayot daxlsizligi” mavzusida interfaol sessiya o’tkazdi. Har ikkala tushunchaning mazmu-mohiyati, ular o’rtasidagi muvozanat va chegaralar haqida so’z bordi.
Shunningdek, trening ishtirokchilari bilan “Kim haq?” shartli tok-shou tasvirga olindi. Unda milliy mediada shov-suv bo’lgan ikkita voqea muhokama qilindi. Mazkur sessiya ishtirokchilarda kata qiziqish uyg’otdi.
Tashkilotchilar: Аdliya vazirligi, Konrad Аdenauer fondi, Yangi media taʼlim markazi.