«Feyk» axborotlar nima uchun yaratiladi?

«Feyk» axborotlar nima uchun yaratiladi?

2022 yil 23-24 iyun kunlari “Milliy tiklanish” Demokratik partiyasining hududiy Kengashlari Jamoatchilik bilan aloqalar va OAV bilan ishlash bo‘limi mutaxassislari uchun “Partiya faoliyatini OAVda samarali yoritishda zamonaviy texnologiyalar va yangicha yondashuvlarni tatbiq etish” mavzusidagi ikki kunlik o‘quv-seminari bo’lib o’tdi.

Seminar ishtirokchilari «Yangi media ta’lim markazi» NNT direktori, filologiya fanlari doktori Beruniy Alimovning “Zamonaviy axborot makonida media savodxonlik masalasi” mavzusidagi maʼruzasini tingladilar.

«Bugun dunyodagi har bir fuqaro axborot bilan uxlayapti, axborot bilan turyapti. Hozirda «feyk», yaʼni yolg‘on xabarlar ichida ishlashga, yashashga majburmiz. Soxta axborotlar nima uchun yaratiladi? Avvalo, siyosiy va g‘arazli maqsadlar, shaxsiy manfaatlar ko‘zlanib yaratiladi. Odamlar «feyk» xabarlardan to‘ydi. So‘nggi yillarda bunday xabarlar keskin ko‘paydi va ularni o‘qishdan, tarqatishdan oldin boshqa rasmiy kanallardan tekshirib olish lozim. Ayniqsa, axborot xizmatida ishlayotgan xodimlar».