Urganchda Axborot xizmatlari rahbarlari uchun ikki kunlik trening muvaffaqiyatli yakunlandi.
Bugun Yangi media ta’lim markazi jamoasi uchun tarixiy kun! Xabaringiz bor, yaqinda Adliya vazirligidan NNT sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tgan edik. Aslida bir necha yillardan buyon shu sohada bo‘lsak-da, bugun mustaqil tashkilot sifatida ilk treningni o‘tkazayapmiz. Urganch shahrida boshlangan ushbu treningda O‘zbekistonning barcha viloyatlarida mehnat qilayotgan “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tizimi Axborot xizmatlari rahbarlari faol ishtirok etishmoqda.