Xorazmda trening muvaffaqiyatli yakunlandi

Xorazmda trening muvaffaqiyatli yakunlandi

Urganch shahrida “Media orqali ayollar huquqlarini keng targ‘ib qilish: to‘siqlarni bartaraf etish va mediada mas’uliyatli yoritish” mavzusidagi uch kunlik seminar-trening o‘z yakuniga yetdi.

Ushbu trening “Yangi media ta’lim markazi” NNT tomonidan AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Loyiha doirasida yana bir workshop o’tkazildi. “Media orqali ayollar huquqlarini keng targ’ib qilish: to’siqlarni bartaraf etish va mediada mas’uliyatli yoritish” mavzusidagi loyiha doirasida Xorazm viloyatidagi tahririyatlar va yosh ijodkorlar uchun workshop tashkil etildi.

Unda “Xiva tongi” gazetasi bosh muharriri va ijodiy xodimlari, “Yosh jurnalistlar” klubi a’zolari hamda Ogahiy ijod maktabining o’quvchilari, ijodkor yoshlar ishtirok etishdi.