Toshkentda “Media orqali ayollar huquqlarini keng targ‘ib qilish: to‘siqlarni bartaraf etish va mediada mas’uliyatli yoritish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Unda Toshkent shahri va viloyatida faoliyat yuritayotgan OAV vakillari, blogerlar va axborot xizmatlari xodimlari ishtirok etdi.
Xususan, bir qator qonun hujjatlari, jumladan, Prezidentning xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash, gender tengligi va ayollarni zo‘ravonlik va zulmdan himoya qilish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqomini kuchaytirish to‘g‘risidagi farmon va qarorlari qabul qilindi. Shu asosda tegishli dasturlar ishlab chiqilib, qator vazifalar hayotga izchil tatbiq etilmoqda.
Ushbu jarayonni va sohada mavjud muammolarni mediada yoritish ishlarini sifat bosqichiga olib chiqishda hududlardagi yosh jurnalistlar va blogerlarning bilimi va mahoratini oshirish dolzarb ahamiyatga ega.
Seminar davomida ishtirokchilarning asosiy e’tibori ayni mavzuda dolzarb va sifatli kontent tayyorlash masalasiga qaratildi.
Uch kun davom etgan treningda faol qatnashgan jurnalist va blogerlar tegishli sertifikatga ega bo‘ldilar.