Beruniy ALIMOV –
Markaz rahbari, trener. bloger, tarjimon, sobiq diplomat, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD
Ish bajarilgan tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti. Rasmiy opponentlar: Q.Irnazarov, G.Babadjanova. Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti. Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
- Tadqiqotning maqsadi xorijiy va milliy ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston imijini yaratish tamoyillarini takomillashtirishdan iborat.Dissertasiya tadqiqotida quyidagi ilmiy natijalar olingan: barqaror konstanta asosida mamlakat media imijini yaratish va shakllantirish mezonlari tarixiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy shart-sharoitlar bo‘yicha takomillashtirilgan;
- differensial yondashuv asosida mamlakat media imijini rivojlantirish, istiqbolini belgilash, konstruktiv mexanizmlari bo‘yicha adaptasiya shartlari aniqlashtirilgan;
- O‘zbekistonning media imijiga doir OAV materiallari namunalari G‘arb, MDH va Osiyo mamlakatlari bo‘yicha qiyosiy tahlil asosida turkumlashtirilgan;
- O‘zbekiston sharoitida «hududiy imij»ning o‘ziga xosligi «islom madaniyati poytaxti», «ko‘hna sivilizasiya beshigi», «havo darvozasi», «yangi sanoat markazi» bo‘yicha milliy, diniy, ma’rifiy va iqtisodiy xususiyatlariga ko‘ra konseptual yondashuv asosida aniqlashtirilgan.
——————————————
Gulnora NISHONOVA –
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti xalqaro jurnalistika va jamoatchilik bilan aloqalar fakul’teti dosenti, filologiya fanlari nomzodi. Shu bilan birga, “Yangi media ta’lim markazi” nodavlat notijorat tashkiloti muassislaridan biri, media trener.
G. Nishonova qiziqish doirasi – jurnalistika, jadid matbuoti, Public Relations – jamoatchilik bilan aloqalar, imijmeyking, brending. Media trener sifatida jurnalistlar, axborot xizmati xodimlarining salohiyatini oshirishga qaratilgan turli mavzularda seminar-treninglar o‘tib kelmoqda. Xalqaro tashkilotlarning media va kommunikasiyaga doir turli o‘quv kurslari va dasturlarida ishtirok etib kelmoqda.
“Zamonaviy muhitda PR xizmatlar” nomli kitob hammualliflaridan biri.
——————————————-
Gulmira SHUKUROVA –
“O‘zbekistonda xorijiy tillar” nomli ilmiy-metodik elektron jurnal va portal direktori, O‘zDJTU xalqaro jurnalistika va O‘zJOKU Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar fakul’tetlari o‘qituvchisi, shu bilan birgalikda, Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi, xalqaro tashkilotlar media treneri sifatida faoliyat yuritib, jurnalistlar, axborot xizmati xodimlariining salohiyatini oshirish borasida turli mavzularda seminar-treninglar o‘tib kelmoqda.
Xalqaro jurnalistika, ziddiyatli vaziyatlarda jurnalistika, inqiroz sharoitida PR, media savodxonlik, Public Relations – jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishlarida mahalliy va xorijiy (AQSh, Shveysariya va boshq.) o‘quv kurslari, dasturlarida ishtirok etgan.
“Zamonaviy muhitda PR xizmatlar” nomli kitob hammualliflaridan biri.
Jurnalistika, PR – jamoatchilik bilan aloqalar, media trenerlik sohasida 15 yillik tajribaga ega.