Beruniy ALIMOV

Beruniy ALIMOV

Markaz direktori, trener, jurnalist, bloger, tarjimon, sobiq diplomat, filologiya fanlari doktori, DSc.

1973 yilda Xorazm viloyatida ziyoli oilasida tug‘ilgan, millati o‘zbek. 1995 yil O‘zbekiston milliy universitetini jurnalistika mutaxassisligi bo‘yicha tamomlangan. Mehnat faoliyatini O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Axborot” direksiyasida boshlangan.

1994-1996 yillar MTRK “Axborot” direksiyasi tarjimoni, muxbiri, sharhlovchisi, 1996-1997 yillar O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi elchixonasi 3-kotibi – press-attashesi, 1998-2000 yillar O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Matbuot kotibi, 2001-2005 yillar O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi 2-kotibi, 2005-2008 yillar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni bosh konsul’tanti, 2008-2009 yillar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot kotibi vazifasini bajaruvchi, 2009-2011 yillar O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi 1-kotibi, 2011-2012 yillar O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining Axborot xizmati rahbari, 2012-2015 yillarO‘zbekiston Milliy universiteti Oliy jurnalistika kurslari rahbari, 2014 yildan h.v. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakul’teti katta o‘qituvchisi. Ilmiy staji – 6 yil va pedagogik staji 6 yil.10 nafar diplom ishiga ilmiy rahbarlik qilgan.

O‘rindoshlik faoliyati: “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi musahhihi (1993), “Oila va jamiyat” gazetasi muxbiri (1994), Inter National House Tashkent akademik liseyi o‘qituvchisi (1999), Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi tereneri (2015-h.v.).

Alimov Beruniy oilali. Ikki nafar farzandning otasi.

Ilmiy ishlari jurnalistika nazariyasi, O‘zbekiston jurnalistikasi, mamlakat media imijimasalalariga bag‘ishlangan.

Alimov Beruniy Sultonovich jurnalistika buyicha universitetda mutaxassis hisoblanadi. U 1 ta risola, 2 ta amaliy-uslubiy adabiyotlarning muallifi. B.Alimovning ilmiy tadqiqotlari yuzasidan 60dan ziyod ilmiy maqolalari mamlakatimiz va chet el ilmiy jurnallarida chop etilgan. Shuningdek, B.Alimovaning tahliliy va publisistik maqolalari respublikamizbosmava elektron nashrlarida muntazam ravishda e’lon qilinib boriladi. 2006 yil «O‘zbekiston mustaqilligining 15 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

Doktorlik dissertasiya mavzusi: “Xorijiy va milliy ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston imijini yaratish tamoyillari va istiqboli (1991-2017 yillar OAV materiallari misolida)” (28.03.2018).

Ish bajarilgan tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti. Rasmiy opponentlar: Q.Irnazarov, G.Babadjanova. Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti. Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

  • Tadqiqotning maqsadi xorijiy va milliy ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston imijini yaratish tamoyillarini takomillashtirishdan iborat.Dissertasiya tadqiqotida quyidagi ilmiy natijalar olingan: barqaror konstanta asosida mamlakat media imijini yaratish va shakllantirish mezonlari tarixiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy shart-sharoitlar bo‘yicha takomillashtirilgan;
  • differensial yondashuv asosida mamlakat media imijini rivojlantirish, istiqbolini belgilash, konstruktiv mexanizmlari bo‘yicha adaptasiya shartlari aniqlashtirilgan;
  • O‘zbekistonning media imijiga doir OAV materiallari namunalari G‘arb, MDH va Osiyo mamlakatlari bo‘yicha qiyosiy tahlil asosida turkumlashtirilgan;
  • O‘zbekiston sharoitida «hududiy imij»ning o‘ziga xosligi «islom madaniyati poytaxti», «ko‘hna sivilizasiya beshigi», «havo darvozasi», «yangi sanoat markazi» bo‘yicha milliy, diniy, ma’rifiy va iqtisodiy xususiyatlariga ko‘ra konseptual yondashuv asosida aniqlashtirilgan.