Oliy Majlis deputatlari uchun media trening tashkil etildi

Oliy Majlis deputatlari uchun media trening tashkil etildi

Prezidentning Oliy Majlis palatalarida o‘tkazilgan majlislaridagi ma’ruzalari parlament ishini tashkil qilishda muhim dasturiy hujjat bo‘lmoqda. Qonunchilik palatasida o‘tkazilgan turkum seminarlarda ma’ruzalarda ilgari surilgan tashabbuslar va belgilab berilgan vazifalar qizg‘in muhokama qilindi.

Xususan, o‘quv-seminarlarda deputatlarning qonunchilik tashabbusi, qonun loyihalarni ko‘rib chiqish va qabul qilish, ularni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish tartiblari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, parlament a’zolarining ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligi masalalari xususida soha ekspertlari bilan o‘zaro fikr almashildi.

Mazkur seminarlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — deputatlarning qonun ijodkorligi sohasidagi bilim va malakasini yanada oshirish, parlament faoliyat samaradorligini bugungi zamon talablari darajasida tashkil etish, xalq vakillarining OAV bilan hamkorligini kuchaytirishdan iborat. Bu kabi o‘quv-seminarlar davom etadi.