Beruniy Alimov: «Milliy kontent» tashqi imidjga bevosita ta’sir qiladi (+video)

Beruniy Alimov: «Milliy kontent» tashqi imidjga bevosita ta’sir qiladi (+video)

Bugungi dunyo miqyosi kundan kunga kengayib borayotgan olamshumul o‘zgarishlar davrida yashamoqda. Bu o‘tgan asrda barcha qit’alarni qamrab olgan ilmiy-texnik yuksalishning natijasidir. Iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotda erishilgan va globallashuv nomi ostida tanilgan yutuqlar aynan shu ilmiy-texnik yuksalish bilan bog‘liqdir. Biroq, hayotda har bir narsaning ham ijobiy, ham salbiy tomonlari bo‘lganidek, globallashuv ham bundan mustasno emas.

Xususan, globallashuv butun dunyoga shiddat bilan o‘z hukmini o‘tkazishga urinayotgan bir paytda, millatimizning qadriyatlari, ma’naviyati, urf-odatlari, an’analari, tarixi va ta’bir joiz bo‘lsa, o‘zligi kuchli sinovdan o‘tkaziladi.

Milliy kontentga nisbatan e’tiborsizlik, milliy axborot makoniga xorijiy OAVlar va ulardagi axborotlarning kirib kelishiga yanada kengroq imkoniyat yaratib beradi. Milliy axborot makoni chetdan kirib kelgan axborot bilan to‘lib-toshar ekan, bu holat milliy kontentni rivojlanishini to‘xtab qolishiga, tashqi va xorijiy OAVlarda noxolis va yolg‘on aralashgan turli hajmdagi asossiz ma’lumotlar paydo bo‘lishiga va bu o‘z o‘rnida yurtimiz, turmushimiz qadriyatlarimiz haqida turli talqindagi tasavvurlarga ham sababchi bo‘ladi.

Xo‘sh, bugungi mahalliy OAVlari tomonidan tayyorlanayotgan milliy kontentlar talab darajasidami, ommalashtirilayotgan mavzulardagi bir xillilik, milliy jurnalistikada kuzatilayotgan kamchiliklar haqida batafsil “Yangi media ta’lim markazi” nodavlat notijorat tashkiloti direktori filologiya fanlari doktori Beruniy Alimov bilan batafsil suhbatlashdik.