Mediada ayollar mavzusi: uni mas’uliyatli yoritish har qachongidan muhim

Mediada ayollar mavzusi: uni mas’uliyatli yoritish har qachongidan muhim

27-29-mart kunlari Farg‘ona shahrida “Media orqali ayollar huquqlarini keng targ‘ib qilish: to‘siqlarni bartaraf etish va mediada mas’uliyatli yoritish” mavzusidagi uch kunlik seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyatda faoliyat yuritayotgan OAV vakillari, blogerlar va axborot xizmatlari xodimlari faol ishtirok etdi.

Ushbu media loyiha muassasa shaklidagi “Yangi media ta’lim markazi” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlik tashkil etilgan.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda gender tenglikni ta’minlash, ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini oshirish bo‘yicha qator ishlar bir necha yo‘nalishlarda olib borilmoqda.

Xususan, bir qator qonun hujjatlari, jumladan, Prezidentning xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash, gender tengligi va ayollarni zo‘ravonlik va zulmdan himoya qilish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqomini kuchaytirish to‘g‘risidagi farmon va qarorlari qabul qilindi.

Shu asosda tegishli dasturlar ishlab chiqilib, qator vazifalar belgilab olingan. Jumladan, ayollar huquqlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, ayollarni himoya qilishning institutsional asoslarini takomillashtirish, aholining gender tenglik va ayollar huquqlari to‘g‘risida xabardorligini oshirish, huquqni qo‘llash amaliyotida ularga rioya etilishini ta’minlash uchun mas’ul mansabdor shaxslarni tegishli huquqiy me’yorlar asosida o‘qitish va boshqalar.

Ayniqsa, bu borada hududlardagi yosh jurnalistlar va blogerlarning bilimi va mahoratini oshirish alohida dolzarb ahamiyatga ega. Chunki aynan ular orqali olib borilayotgan islohotlarning tub mazmun-mohiyati aholiga keng va batafsil yetkazilib beriladi.

01
02
03
04
06
05
088
07
01 02 03 04 06 05 088 07

 

Mamlakatimizdagi yosh qizlarning bilim olishlari uchun juda katta imkoniyatlar ochilayotgani ko‘pchilikka sir emas.

Zero, mediada xotin-qizlar obrazini yaratish, yon-atrofimizdagi ayol qahramonlar faoliyatini yoritishga yanada ko‘proq e’tibor qaratilishi zarur.

Ayollarimiz orasida biznes ledilar, ishbilarmonlar, sportchilar, shifokorlar, fermerlar, tadqiqotchilar va boshqa turli muhim sohalarda salmoqli natijalarga erishganlari talaygina.

Seminar davomida ishtirokchilarning asosiy e’tibori ayni mavzuda oddiy o‘quvchilar uchun qiziqarli va sifatli kontent tayyorlash masalasiga qaratildi.

Uch kunlik treningda faol ishtirok etgan yosh jurnalist va blogerlar tegishli sertifikatga ega bo‘ldilar.

UZA