Beruniy Alimov,
“Yangi media” oʻquv markazi direktori,
filologiya fanlari doktori.
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda media sohasida katta o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.
Ayniqsa, jamoatchilik nazorati, davlat organlari faoliyatida shaffoflikni ta’minlash, jamoatchilik fikrini shakllantirish va demokratik qadriyatlarni mustahkamlash masalalarida muhim islohotlar amalga oshirildi, O‘zbekistonda jamoatchilik nazoratini takomillashtirish choralari ko‘rilmoqda. Bu, jumladan, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi orqali amalga oshiriladi. Byudjet mablag‘larining shakllanishi va sarflanishi, mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari, tashqi savdo aylanmasi hajmi, shuningdek, tovar va mahsulotlar importi to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni e’lon qiladi.
2022 yilda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi.
O‘zbekistonning yangilangan Konstitusiyasini ham alohida ta’kidlash lozim. Bosh qomusimizning 81-moddasi ommaviy axborot vositalari erkinligi hamda ushbu erkinlikning kafolatlari va shartlarini belgilaydi.
yuqoridagi o‘zgartirishlar jurnalistlarga davlat organlariga so‘rov yuborish, jurnalistik surishtiruv olib borish, jamoatchilik muammolarini ko‘tarish imkonini beradi. Faol ommaviy axborot vositalari tufayli O‘zbekistonda daraxtlarni kesishga moratoriy joriy etildi.
Jurnalistlar korrupsiya, qonun va fuqarolar huquqlarining buzilishi faktlarini aniqlaydi va fosh etadi. Shunday qilib, ular hukumat va aholi o‘rtasida bevosita vositachi rolini o‘ynaydi.
O‘zbekiston Prezidenti bir necha bor ta’kidlaganidek, ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar xalq ovozi va fikrini keng jamoatchilikka hamda davlat organlariga yetkazuvchi eng ta’sirli kuchdir.