Bugun “Siyosiy partiyalarning targ‘ibot-tashviqot ishlari samaradorligini oshirishda zamonaviy siyosiy texnologiyalarning ahamiyati» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda filologiya fanlari doktori, “New Media Education Center” NNT direktori B.Alimov “Ijobiy imij yaratishda media makonning o‘rni» mavzuida ma’ruza o‘qidi.
Davra suhbatida Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi, “Yuksalish” umummilliy harakati, siyosiy partiyalarning deputatlik birlashmalari, mafkura-targ‘ibot, axborot xizmatlari bilan ishlash bo‘yicha mas’ul xodimlari, ekspertlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.