Bugun, 30-oktyabr kuni O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar Universitetida mediasavodxonlik mavzuida seminar-trening o’tkazildi. Unda feyk xabarlar, desinformatsia va misinformatsia tushunchalari va ularga qarshi kurash haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, talabalar e’tiboriga mediasaboq.uz platformasi taqdim qilindi.