O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov “Yangi Media Ta’lim Markazi” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Beruniy Alimov o’rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv avvalida tomonlar o’z tashkilotlari haqida ma’lumot berib o’tdilar. Jumladan, I.Tuxtasinov universitetda bajarilayotgan keng ko’lamli ishlar haqida to’xtalar yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.
O’z navbatida markaz direktori B.Alimov O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan ko’p qirrali hamkorlik qilishga, nafaqat talabalarining bilimini oshirishga, balki doktorant va professor-o’qituvchilarning bilim v ako’nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalarni hamkorlikda amalga oshirishga tayyor ekanligini ta’kidladi.
Samimiy ruhda o’tgan uchrashuv so’ngida, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Yangi Media Ta’lim Markazi rahbarlari Hamkorlik kelishuvini imzoladilar.