Samarqandda ham faktcheker jurnalistlar shakllanyapti

Samarqandda ham faktcheker jurnalistlar shakllanyapti

2023-yil 30-31-mart, 1-aprel kunlari Yangi media ta’lim markazi tomonidan Samarqand shahrida “Yosh jurnalistlarning media va axborot savodxonligi, zamonaviy kontentlar tayyorlash va jurnalist surishtiruvi sohasida ko‘nikmalarini shakllantirish” mavzusida 3 kunlik trening tashkil etildi.

Unda Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan yosh jurnalistlar, blogerlar, matbuot kotiblari va aktivistlar ishtirok etishdi.

Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar zamonaviy milliy media muhiti, unda xavfsiz va samarali faoliyat olib borish uchun zaruriy shart-sharoitlar, media mahsuloti iste’molidagi o‘ziga xosliklar, kontent yaratuvchisi sifatida e’tiborga olinishi kerak bo‘lgan jihatlar haqida zamonaviy tendensiyalar bilan tanishtirildi.

IMG_20230401_183415_059
IMG_20230401_183408_715
IMG_20230401_183436_378
IMG_20230401_183404_942
IMG_20230401_183426_063
IMG_20230401_183400_013
IMG_20230401_183433_200
IMG_20230401_183444_249
IMG_20230401_183415_059 IMG_20230401_183408_715 IMG_20230401_183436_378 IMG_20230401_183404_942 IMG_20230401_183426_063 IMG_20230401_183400_013 IMG_20230401_183433_200 IMG_20230401_183444_249

Ularga OAV qonunchiligidagi o‘zgarishlar, yangi talablar, chellenjlar va yechimlar haqida, media va axborot savodxonligi tushunchasi, bazaviy kompetensiyalar va ko‘nikmalar, zamonaviy media makonda dezinformatsiya va targ‘ibot, shuningdek, tanqidiy fikrlash haqida yangi bilimlar berildi.

Uch kunlik trening davomida ishtirokchilar faktcheking instrumentlaridan foydalanib axborotning ishonchliligini tekshirish, manbalar bilan ishlash, zamonaviy media kontent tayyorlash kabi qator amaliy ko‘nikmalarni orttirdilar.

Loyihaga ko‘ra, ishtirokchilar bir oy davomida trening davomida olgan yangi bilim va ko‘nikmalari asosida maqolalar, ijtimoiy tarmoqlar uchun sifatli va samarali multimediya imkoniyatlaridan foydalanilgan zamonaviy formatlardagi kontentlar tayyorlashadi. Shundan so‘ng, ular may oyida 2-bosqich treninglarga taklif etiladi.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamkorligida AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasining moliyaviy ko‘magida tashkil etildi.