Farg’onada media trening muvaffaqiyatli yakunlandi

Farg’onada media trening muvaffaqiyatli yakunlandi

2023-yil 13-15 mart kunlari Yangi media ta’lim markazi tomonidan “Yosh jurnalistlarning media va axborot savodxonligi, zamonaviy kontentlar tayyorlash va jurnalist surishtiruvi sohasida ko‘nikmalarini shakllantirish” mavzusidagi 3 kunlik trening bo’lib o’tdi.

Unda Farg’ona va Andijon viloyatlarida faoliyat yuritayotgan yosh jurnalistlar, blogerlar va matbuot kotiblari ishtirok etishdi.

Mashg’ulotlar davomida faktcheking instrumentlari, manbalar bilan ishlash, zamonaviy media kontent tayyorlash kabi qator mavzularga e’tibor qaratildi. Masalaning nafaqat nazariy balki amaliy jihatlari haqida bilimlar berildi.

Endi bir oy davomida ishtirokchilar trening chog’ida olgan yangi bilim va ko’nikmalari asosida maqolalar, ijtimoiy tarmoqlarda postlar va TV syujetlar hamda boshqa formatda turli media kontentlar tayyorlashadi.

018
017
019
020
021
015
022
016
013
014
018 017 019 020 021 015 022 016 013 014

 

Rejaga ko’ra, treningning 2-bosqichi joriy yilning may oyida bo’lib o’tadi.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamkorligida AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasining moliyaviy ko‘magida tashkil etildi.