Inspeksiyaning Axborot xizmati xodimlari malakasi oshirilmoqda

Inspeksiyaning Axborot xizmati xodimlari malakasi oshirilmoqda

Agroinspeksiyada xodimlar bilim va malakasini oshirish, ayniqsa, axborot xizmati faolligini oshirish, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligini kengaytirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Agroinspeksiya Yangi media taʼlim markazi bilan hamkorlikda Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari Jamoatchilik bilan aloqalar yo’nalishi inspektorlari malakasini oshirish maqsadida «Axborot xizmati faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy PR yondashuvlar” mavzuida 2 kunlik o‘quv seminar-treningini tashkil etdi.

Seminarda mashg‘ulotlarni media-trenerlar O‘zDJTU dotsenti, filologiya fanlari doktori Beruniy Alimov – Fledu.uz ilmiy elektron jurnal bosh muharriri, O‘zDJTU, O‘zJOKU o‘qituvchisi -Gulmira Shukurovalar olib borib, ishtirokchilarga RR nima va u nima uchun Axborot xizmatiga kerak?

Matbuot kotibi, tashkilot rahbarining individual imiji va korporativ imij komponentlari, Axborot xizmatining ijtimoiy tarmoqlar va blogsferadagi faoliyati mavzusida maʼlumot berib o’tmoqdalar. Seminar-trening ertaga ham o’z ishini davom ettiradi.