Axborot xizmatlari hamda boshqarmalar vakillari uchun trening o‘tkazildi

Axborot xizmatlari hamda boshqarmalar vakillari uchun trening o‘tkazildi

Bugun Toshkent shahar hokimiyati majlislar zalida shahar va tuman hokimliklarining Axborot xizmatlari hamda boshqarmalar vakillari uchun trening o‘tkazildi. Asosiy mavzular muxbirlar va blogerlar bilan muloqot, shuningdek, media imijni shakllantirish masalalaridan iborat bo‘ldi.

Trening davomida amaliy mashg‘ulotlarga ham alohida o‘rin ajratildi. Jumladan, murakkab mavzuda simulyasion matbuot anjumani tashkil etildi va timbildinga bag‘ishlangan interfol mashq bajarildi.