2022 yil 10-12 noyabr’ kunlari Saylov tizimlari xalqaro jamg‘armasi (IFES) bilan hamkorlikda “Saylov jarayonlarini ommaviy axborot vositalarida yoritishda faktlarga asoslangan xabarlar: xalqaro standartlar va ilg‘or tajribalar” mavzuida onlayn trening bo‘lib o‘tmoqda. Bugun mashg‘ulotlarni IFESning O‘zbekistodagi vakili Tamar Jvaniya kirish so‘zi bilan ochdi.
Unda Markaziy saylov komissiyasining Axborot xizmati xodimlari, siyosiy partiyalar nashrlari va Axborot xizmatlari rahbarlari, OAV vakillari, taniqli blogerlar, media tadqiqotchilar qatnashishmoqda. Slovakiyadan xalqaro ekspert Rasto Kuzel va Yangi media ta’lim markazining direktori Beruniy Alimov trener sifatida ishtirok etmoqdalar.