Yangi global media makondagi yangi chellenjlar

Yangi global media makondagi yangi chellenjlar

O’zbekiston, Qozog’iston, Tojikiston jurnalistlari hamkorligida o’tkazilayotgan World2you loyihasi doirasida tashkil qilingan Media Campga Almatida start berildi.

Trening O’zbekistonlik media ekspert, trener Beruniy Alimovning “Yangi global media makonda dezinformatsiya: mahalliy OAV uchun yangi chellenjlar” mavzusidagi interaktiv sessiya bilan boshlandi.

Unda bugungi media muhitning buzilishi qanday ro’y berayotgani, feyk axborotlar, faktoidlar, dezinformatsiya yaratilishi va bu jarayonlar sifatli jurnalistika uchun qanday xavf  tug’dirayotgani haqida gapirildi. Turli keyslar va misollar asosida o’rganilgan bilim va ko’nikmalar mustahkamlandi.

Interkativ formatda o’tkazilgan sessiyada ishtirokchilar har bir tushuncha va jarayonlar haqida qizg’in bahs-munozaraga kirishdi va o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Trening Evrosiyo Jamg’armasi va USAID yordamida, Biznes-Psixologiya-Media Assotstiatsiya va Yangi media ta’lim markazi hamkorligida o’tkazilmoqda.