Yangi media ta’lim markazi NNT bir yoshga to‘ldi.
Shu davr maboynida NMEC jamoasi tomonidan Respublikamiz bo‘ylab turli davlat tashkilotlarida 10 ta trening, 7 ta seminar, 5 ta o‘quv mashg‘uloti hamda 4 ta uchrashuv tashkil etildi.
Jumladan, 2021 yil 24-25 noyabr’ kunlari Urganch shahrida “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tizimi Axborot xizmatlari rahbarlari uchun media trening, 2022 yil yanvar’-dekabr’ oylarida Shvesiyaning Fojo media instituti bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi mustaqil OAV muharrirlari uchun 12 oylik onlayn trening, joriy yilning 1-3 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi hududiy boshqarmalar Axborot xizmati xodimlari uchun trening, 6-7 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi hududiy boshqarmalar Axborot xizmati xodimlari uchun seminar-trening. 27-28 may kunlari Adliya organlari va muassasalarining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassislari uchun trening, 8-11 mart kunlari AQShning global media agentligi (USAGM) bilan hamkorlikda trenerlar uchun trening, 15 aprel’ kuni esa, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlariga media va axboriy savodxonlik mavzusida seminar o‘tkazildi.
Tadbirlarimizda jami 300 dan ortiq tinglovchilar ishtirok etdilar. Biz Oliy Majlis deputatlari, vazirlik va tashkilotlar axborot xizmat rahbarlari, jurnalist va blogerlar bilan birga ishlashda davom etamiz. Yurtimiz ravnaqi uchun xizmatdamiz!