Adliya organlarining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha xodimlari uchun trening o‘tkazildi

Adliya organlarining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha xodimlari uchun trening o‘tkazildi

27—28 may kunlari hududiy adliya organlari va muassasalarida faoliyat yurituvchi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha xodimlari uchun davlat organlarining ochiqligini ta’minlash va aholi bilan samarali muoloqotni yo‘lga qo‘yish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan trening tashkil etildi.

Boisi Adliya vazirligi jamoatchilik nazorati va zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, faoliyatning ochiqligi va shaffofligini ta’minlashda muhim omil ekanligini yaxshi anglaydi. Bu shuningdek fuqarolarning davlat organlariga nisbatan ishonchini oshirishda muhim.

Ikki kunlik interaktiv mashg‘ulotlar davomida “New Media Education Center” NNTning malakali trenerlari davlat organlari faoliyatini axborot bilan ta’minlashda matbuot xizmatining o‘rni, mazkur faoliyatni olib borishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning ahamiyatiga asosiy e’tiborni qaratdi.

Kichik guruhlarda ishtirokchilar jamoatchilikning turli guruhlari uchun axborotni taqdim etish, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar uchun kontent tayyorlash va ularni yuritish, onlayn muloqotni olib borish usullarini o‘rganishdi.

Bo‘lib o‘tgan trening nafaqat bilim olish va ko‘nikmalarni oshirish, balki jamoa bo‘lib ishlash, o‘zaro fikr, tajriba va g‘oya almashish maydoniga aylandi.